Fizika, 9 sinf, Habibullayev P., 2014

Fizika, 9 sinf, Habibullayev P., 2014.

Учебник по физике для 9 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Molekular fizika va termodinamika moddaning turli agregat holatlaridagi fizik xossalarini, diffuziya, issiqlik o‘tkazuvchanlik kabi hodisalarni, issiqlik ta’sirida modda holatining o‘zgarishini, moddalarning issiqlik sig‘imi, bug‘lanishi, kondensatsiyasi, erishi, qotishi, mustahkamligi, elastikligi kabi xossalarini o‘rganadi. Fizikaning «Mexanika» bo‘limini o‘rganishda jismlar zarralardan tuzilganligi e’tiborga olinmagan edi. Molekular fizika va termodinamikani o‘rganishda esa moddalar zarralardan tuzilganligiga asosiy e’tibor qaratiladi. Bunda statistik va termodinamik metodlardan foydalaniladi.

Fizika, 9 sinf, Habibullayev P., 2014


Broun harakati.
Ingliz tabiatshunosi R.Broun 1827-yilda navbatdagi kuzatishlardan so‘ng mikroskopni uyining ayvonida qoldirgan. Yomg‘ir ostida qolgan mikroskopning ishlashini tekshirayotib, okular orqali qandaydir narsa to‘xtovsiz harakatlanayotganini ko‘rgan. Avvaliga bu narsani biror mayda jonzot deb o‘ylagan.

Harakatlanayotgan narsa nimaligini va bunday harakat sabablarini aniqlash uchun Broun qator tajribalar o‘tkazgan. Ma’lum bo‘lishicha, mikroskop oynachasida avvaldan chang zarralari bo‘lgan. Okular orqali ko‘ringan harakatdagi narsalar yomg‘ir tomchisiga qo‘shilib ketgan chang zarralari, degan xulosaga kelgan. Tomchidagi suv molekulalari chang zarrasiga turli tomondan urilib, uni to‘xtovsiz va tartibsiz harakat qilishga majbur qilgan. Mikroskopda faqat chang zarrasi ko‘rinib, unga urilayotgan molekulalar ko‘rinmagan.

MUNDARIJA.
MOLEKULAR FIZIKA VA TERMODINAMIKA ASOSLARI.
I bob. Modda tuzilishining molekular-kinetik nazariyasi asoslari.
1-§. Molekular-kinetik nazariya haqida tushuncha.
2-§. Molekulalarning o‘lchami va massasi.
3-§. Modda miqdori. Molar massa.
4-§. Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi.
5-§. Temperatura.
6-§. Gaz molekulalarining harakat tezligi.
I bob yuzasidan muhim xulosalar.
I bobni takrorlash uchun savol va masalalar.
II bob. Termodinamika elementlari.
7-§. Ichki energiya va ish.
8-§. Issiqlik miqdori. Solishtirma issiqlik sig‘imi.
9-§. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlash (laboratoriya ishi).
10-§. Yoqilg‘ining solishtirma yonish issiqligi.
11-§. Ideal gaz holatining tenglamalari. Izojarayonlar.
12-§. Termodinamikaning birinchi qonuni.
13-§. Turli temperaturali suv aralashtirilganda issiqlik miqdorlarini taqqoslash (laboratoriya ishi).
14-§. Suyuqlikning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlash (laboratoriya ishi).
II bob yuzasidan muhim xulosalar.
II bobni takrorlash uchun savol va masalalar.
III bob. Suyuqliklardagi sirt hodisalari.
15-§. Suyuqlik va uning xossalari. Sirt taranglik.
16-§. Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyentini aniqlash (laboratoriya ishi).
17-§. Ho‘llash. Kapillar hodisalar.
III bob yuzasidan muhim xulosalar.
III bobni takrorlash uchun savol va masalalar.
IV bob.Qattiq jismlarning xossalari.
18-§. Kristall va amorf jismlar.
19-§. Qattiq jismlarning mexanik xossalari.
IV bob yuzasidan muhim xulosalar.
IV bobni takrorlash uchun savol va masalalar.
V bob. Modda agregat holatining o‘zgarishi.
20-§. Kristall jismlarning erishi va qotishi.
21-§. Moddaning solishtirma erish issiqligi. Amorf jismlarning erishi va qotishi.
22-§. Bug‘lanish va kondensatsiya. Qaynash.
23-§. Atmosferadagi hodisalar.
V bob yuzasidan muhim xulosalar.
V bobni takrorlash uchun savol va masalalar.
OPTIKA.
VI bob. Yorug‘likning tarqalishi, qaytishi va sinishi.
24-§. Yo‘rug‘likning qaytish va sinish qonunlari.
25-§. To‘la ichki qaytish.
26-§. Shishaning nur sindirish ko‘rsatkichini aniqlash (laboratoriya ishi).
27-§. Linzalar.
28-§. Yupqa linza yordamida tasvir yasash.
29-§. Linza yordamida tasvir hosil qilish (laboratoriya ishi).
30-§. Optik asboblar.
31-§. Ko‘z va ko‘rish.
VI bob yuzasidan muhim xulosalar.
VI bobni takrorlash uchun savol va masalalar.
VII bob. Yorug‘lik energiyasidan foydalanish.
32-§. Yo‘rug‘lik tezligini aniqlash.
33-§. Yorug‘likning kimyoviy va biologik ta’siri.
34-§. Geliotexnika. O‘zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanish.
VII bob yuzasidan muhim xulosalar.
ATOM FIZIKASI ASOSLARI.
VIII bob. Atom va yadro tuzilishi.
35-§. Atom tuzilishi haqida tushuncha.
36-§. Atom yadrosining tuzilishi.
VIII bob yuzasidan muhim xulosalar.
VIII bobni takrorlash uchun savol va masalalar.
IX bob. Yadro energiyasi va undan foydalanish.
37-§. Yadro energiyasi haqida tushuncha.
38-§. Yadro energiyasidan foydalanish.
39-§. O‘zbekistonda yadro fizikasi taraqqiyoti.
IX bob yuzasidan muhim xulosalar.
KOINOT HAQIDA TASAVVURLAR.
X bob. Yulduzlar, Quyosh va Oy.
40-§. Yulduzlar. Quyosh.
41-§. Oy — Yerning tabiiy yo‘ldoshi.
42-§. Vaqtni o‘lchash. Taqvimlar.
X bob yuzasidan muhim xulosalar.
XI bob. Quyosh sistemasi. Galaktika.
43-§. Quyosh sistemasidagi sayyoralar. Kepler qonunlari.
44-§. Mayda osmon jismlari.
45-§. Galaktika. Koinot tuzilishi va rivojlanishi haqida hozirgi zamon dunyoqarashlari.
46-§. Astronomik tadqiqotlar.
XI bob yuzasidan muhim xulosalar.
OLAMNING FIZIK MANZARASI. FIZIKA-TEXNIKA TARAQQIYOTI.
47-§. Olamning yagona fizik manzarasi.
48-§. Fizika va texnika taraqqiyoti. O‘zbekistonda fizika sohasidagi tadqiqotlar.
Mashqlarning javoblari.
Takrorlash uchun masalalarning javoblari.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Fizika, 9 sinf, Habibullayev P., 2014 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-21 17:18:15