Fizika, 8 sinf, Habibullayev P., 2019

Fizika, 8 sinf, Habibullayev P., 2019.

Учебник по физике для 8 класса на узбекском языке.
 
   Kundalik turmushni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bolmaydi. Jumladan, uyimizdagi lampochka, televizor, miizlatgich, radio, dazmol, elektr choynak, kompyuter kabi jihozlarning barchasi elektr energiyasi hisobiga ishlaydi.
Turli zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari hamda muassasalarda ham elektr energiyasidan foydalaniladi. Xullas, elektr energiyasi hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Umuman olganda, clcktrning kashf qilinishi va undan foydalanish imkoniyatlari mislsiz taraqqiyotga sababchi bo‘ldi. lurmushimiz yanada farovon bo‘lishi uchun eleklrotexnika, radiotexnika, elektronika, avtomatika, axborot texnologiyasi, nanotexnologiyalar kabi sohalarda olimlar, muhandislar va boshqa soha mutaxassislari izlanishlar olib bormoqdalar. Olimlar va muhandislar tomonidan qilingan yangi kashfiyotlar natijasida bu tarmoqlar yanada yuksalmoqda. Shu bois, elektr haqida ma’lumotlarga ega bo‘1ish ucbun siz fizika darslarida elektr hodisalari, elektr va magnit maydon, elektr toki, clcktromagnit hodisalarni o‘rganasiz hamda clcktr cncrgiyani ishlab chiqarish va uzatish, oddiy clcktr asbob va qurilmalarning ishlash prinsipi bilan tanishasiz.

Fizika, 8 sinf, Habibullayev P., 2019


Elektr hodisasi haqida dastlabki ma’lumotlar.
Plastmassadan yasalgan taroq yoki ruchkani sochingizga ishqalab, maydalangan qog‘ozga yaqinlashtiring. Ularning qog‘oz qiyqimlarini o‘ziga tortganini ko‘rasiz. Shisha tayoqchani qog‘oz varag'iga ishqalab qo'limizga yaqinlashtirsak, chirsillagan tovush eshitiladi, qorong‘ida esa mayda uchqunlar ko‘rinadi. Bunday hodisalarni insonlar qadim zamonlardayoq payqaganlar va ularga o‘z munosabatlarini bildirishgan. Qadimgi yunon olimi Fales Miletskiy (mil. avv. 625-547) mo‘ynaga ishqalangan ba’zi jismlar yengil narsalarni o‘ziga tortishini yozib qoldirgan. Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham elektr hodisalari haqida risolalar yozib qoldirgan.

Yunonlar «elektron» deb atashgan yelimni ruslar «yantar», sharq xalqlari esa «kahrabo» deb atashgan.
Kahrabo so'zi forscha so'z bo‘lib, somon tortuvchi ma’nosini anglatadi. Haqiqatan ham, mo'ynaga ishqalan-gan kahrabo somon bo‘laklarmi o‘ziga tortadi. Ishqalan-gandan keyin boshqa jismlarni o‘ziga tortadigan jism elektrlangan yoki elektr zaryadlangan jism deb ataladi. Elcktrlangan jismlarga qattiq jismlar singari, boshqa holatdagi moddalar bam tortiladi, Masalan, elektrlangan tayoqcha mayda qog‘oz bo4aklarini (1-a rasm), jildirab tushayotgan suvni ham o‘ziga tortadi (1-b rasm).

MUNDARIJA.
Kirish.
I ВОВ. ELEKTR ZARYAD. ELEKTR MAYDON.
l-§. Jismlarning zaryadlanishi.
2-§. Elektr zaryad.
3-§. Zaryadlarning o‘zaro ta’siri. Kulon qonuni.
4-§. Masalalar yechish.
5-§. Elektr maydon.
6-§. O‘tkazgichlarda elektr zaryadlarning taqsimlanishi.
7-§. Masalalar yechish.
Tabiatdagi elektr hodisalar.
I bobni takrorlash uchun tcst topshiriqlari.
I bob yuzasidan muhim xulosalar.
II ВОВ. ELEKTR TOKI.
9-§. Elektr toki haqida tushuncha.
10-§. Tok manbalari.
11-§. Elektr kuchlanish va uni olchash.
12-§. Tok kuchi va uni olchash.
13-§. Masalalar ycchish.
14-§. Laboratoriya ishi. Elektr zanjimi yig‘ish, uning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o'lchash.
15-§. Elektr qarshilik.
16-§. Rezistorlar. Reostatlar. Potensiometrlar.
17-§. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni.
18-§. Masalalar yechisb.
19-§. Laboratoriya ishi. Om qonunini o'rganish.
20-§. Amaliy mashg‘ulot. Reostat yordamida tok kuchini rostlash.
21-§. Iste’mokhilarni ketma-ket ulash.
22-§. Iste’molchilarni parallel ulash.
23-§. Amaliy mashg‘ulot. Tok manbalarini ulash.
24-§. Laboratoriya ishi. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulashni o‘rganish.
25-§. Iste’molchilami aralash ulash (Mustaqil o‘qish uchun).
26-§. Masalalar ycchish.
27-§. Elektr sig‘imi. Kondcnsatorlar.
28-§. Kondensatorlarni parallel va ketma-ket ulash.
29-§. Masalalar yechish.
II bobni takrorlash uchun test topshiriqlari.
II bob yuzasidan muhim xulosalar.
III BOB. ELEKTR TOKINING ISHl VA QUVVATI.
30-§. Elektr tokining ishi.
31-§. Elektr tokining quvvati.
32-§. Masalalar yechish.
33-§. Laboratoriya ishi. Istc’molchi (1ampochka)ning elektr quvvatini aniqlash.
34-§. Elektr toki ta’sirida o‘tkazgichlarning qizishi.
35-§. Masalalar yechish.
36-§. Joul-Lens qonunming amaliy tatbiqlari.
37-§. Xonadonlardagi elektr zanjrrlar va ulashlar.
38-§. Elektr xavfsizlik choralari.
39-§. Masalalar ycchish.
III bobni takrorlash uchun test topshiriqlari.
III bob yuzasidan muhini xulosalar.
IV BOB. TURLI MUHITLARDA ELEKTR TОКI.
40-§. Metallarda elektr toki.
41-§. Suyuqliklarda elektr toki.
42-§. Elektroliz. Faradeyning birinchi qonuni.
43-§. Faradcyning ikkinchi qonuni.
44-§. Masalalar yechish.
45-§. Elektrolizdan turmushda va texnikada foydalanish.
46-§. Vakuumda elektr toki.
47-§. Gazlarda elektr toki.
48-§. Elektr razryadlarning turlari va ulardan foydalanish.
TV bobni takrorlash uchun test topshiriqlari.
IV bob yuzasidan muhim xulosalar.
V BOB. MAGNIT MAYDON.
49-§. Magnit maydon. Doimiy magnit va uning qutblari.
50-§. Magnit maydonni xarakterlovchi parametrlar.
51-§. Yerning magnit maydoni.
52-§. Tokning magnit maydoni.
53-§. Magnit maydonning tokli o‘tkazgichga ta’siri.
54-§. Masalalar ycchisb.
55-§. Bir jinsli magnit maydonda tokli ramkaning aylanma harakati.
56-§. Magnit maydonda zaryadli zarraning harakati.
57-§. Elektromagnitlar. Elektromagnit rele.
58-§. Laboratoriya ishi. Eng oddiy elektromagnitni yig‘ish va uning ishlashini o‘rganish.
59-§. O‘zgarmas tok elektr dvigateli.
60-§. Masalalar yechish.
V bobni lakrorlash uchun icst lopshiriqlari.
V bob yuzasidan muhim xulosalar.
Mashqlarning javoblari.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Fizika, 8 sinf, Habibullayev P., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-21 17:22:22