Учебник по чувство родины для 6 класса на узбекском языке.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» hamda «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitoblari asosida qayta ishlangan. Unda Vatanga muhabbat va vatanparvarlik asoslarini shakllantiradigan mavzular o‘quvchilarning o‘ziga xos tushuncha-tasavvurlarini hisobga olgan holda, qiziqarli misollar, hayotiy dalillar hamda zamonaviy metodik usullar vositasida yoritib berilgan.
AFG‘ON QIZINING ARMONI.
Fransuz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «Budda ham uyatdan portlab ketdi» deb nomlangan badiiy filmda jajji bir qizaloqning butun borlig‘i bilan ilm olishga intilishi, lekin Afg‘onistondagi notinch vaziyat, jaholatga berilgan kimsalarning bunga xalaqit berishi haqida hikoya qilinadi. Qizaloq ne-ne azoblar bilan ozgina pul topadi va daftar sotib oladi. Ammo ruchkaga puli yetmaydi. Oyisining pardoz qalamini olib, maktabga otlanadi. Yo‘lda faqat urushni umrining mazmuni deb biladigan yo‘lto‘sar bolalarga duch keladi. Ular qizchani «asir» olib, tiriklayin yerga ko‘mmoqchi bo‘lishadi. Qizcha ularning qo‘lidan qochib, bir maktabga yetib keladi. Afsuski, bu o‘g‘il bolalar maktabi bo‘lib chiqadi.
Muallim uni ko‘chaga haydab soladi. Qizcha endi olis qishloqdagi qizlar maktabiga yo‘l oladi. Ammo boshqa qishloqdan kelgani uchun u yerdan ham quviladi. Shu tariqa ko‘chada qolishdan, o‘zi dastlab duch kelgan qaroqchi bolalarga, ya’ni jaholatga yem bo‘lishdan boshqa iloji qolmaydi.
MUNDARIJA.
Birinchi bob. Vatan ozodligi – oliy saodat.
Eng ulug’, eng aziz ayyom.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!.
Vatanimiz poytaxti.
O‘zbekiston Milliy bog‘i.
Buyuk qadamjolar.
Tarixiy xotira.
Qadimiy Registon.
Takrorlash.
Ikkinchi bob. Jahon mardni tan oladi.
Moddiy va ma’naviy hayot.
Amaliy mashg‘ulot. Oliyjanoblik.
O‘tda yonmaydigan meros.
Amaliy mashg‘ulot. O‘zbekiston buyuk allomalar yurti.
Milliy qadriyatlarimiz.
Umumbashariy qadriyatlar.
Biz – O‘zbekiston fuqarosimiz.
Vatanparvarlik.
Amaliy mashg‘ulot. O‘zbekistonning fidoyi farzandlari.
Vatanni ulug‘lash.
Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi.
Takrorlash.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Vatan tuyg‘usi, 6 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: чувство родины :: Sultonov :: Qarshiboyev :: 6 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Ona tili, 6 sinf, Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D., 2017
- Quvnoq Alifbo, Topishmoqlar, Jo rayev N.
- Ona tili, 7 sinf, Mahmudov N., 2017
- Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018
Предыдущие статьи:
- Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014
- Ona tili, 11 sinf, Mahmudov N., Odilov Y.R., Ziyodullayeva G.Sh., 2018
- Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2019
- O‘qish kitobi, 4 sinf, Matchonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., 2017