Vatan tuyg‘usi, 5 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015

Vatan tuyg‘usi, 5 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015.

Учебник по обществознанию для 5 класса на узбекском языке.

  Qadrli o‘quvchi, shu kunlarda mamlakatimizda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar, sayil va tomoshalar bo‘lib o‘tmoqda. Ona yurtimiz haqida, uning mustaqilligi to‘g‘risida go‘zal so‘zlar, she’r va qo‘shiqlar eshitib, istiqlol naqadar buyuk ne’mat ekanini barchamiz yurak-yurakdan his etmoqdamiz. Ana shu damlarda qalbimizda «Shunday ozod va obod Vatanga munosib farzand bo‘lish uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lish lozim?», «Vatan tuyg‘usi, Vatanga muhabbat qanday ishlarda namoyon bo‘ladi?» degan savollar tug‘ilishi tabiiy, albatta. Bunday savollarga javob topishda «Vatan tuyg‘usi» darsligi sizga yordamchi va maslahatchi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Vatan tuyg‘usi, 5 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015


CHUMOLINING VATANI.
Alisher Navoiy bir anjumandan turiboq uyi tomonga shoshilib ketibdi. Keyin do‘stlari ul zotdan buning sababini so‘rabdilar. Alisher Navoiy javob beribdi: «Yo‘l-yo‘lakay bir chumoli kiyimimga ilashib, men bilan birga kelib qolgan ekan. Bechora vatanidan ayrilib qolibdi-ku, deb o‘z makoniga olib borib qo‘ymoqchi bo‘ldim. Shoshilganimning boisi shu edi».

Dunyoda shunday yovuz kuchlar borki, ular butun-butun xalqlarni ham o‘z vatanidan judo qiladi. Masalan, mustaqillikdan oldin hukm surgan sho‘ro hokimiyati qrim tatarlarni o‘z yurtidan quvg‘in qilib, boshqa o‘lkalarga, jumladan, bizning diyorimizga ham ko‘chirtirib yuborgan. Buning oqibatida ular qariyb yarim asr vatanidan judo bo‘lib yashadi. Faqat sho‘ro imperiyasi yemirilganidan keyingina ular o‘z yurti – Qrim yarimoroliga qaytib bordilar. Xalqimiz ajdodlarimizning an’analariga sodiq qolib, ularga eng og‘ir kunlarda hamdard bo‘ldi, o‘z bag‘ridan joy berdi.

MUNDARIJA.
Kirish.
Birinchi bob. ONA YURTIM — OLTIN BESHIGIM.
Vatan – yagona va muqaddas.
Amaliy mashg‘ulot. Mustaqillik maydoni.
Vatanni anglash.
Amaliy mashg‘ulot. Tinchlik – bebaho ne’mat.
Vatan tuyg‘usi.
Amaliy mashg‘ulot. Bu muqaddas Vatanda azizdir inson.
Oila — Vatan timsoli.
Amaliy mashg‘ulot. Jajji chempionlar.
Vatanga muhabbat.
Amaliy mashg‘ulot. Sohibqiron Amir Temur.
Takrorlash.
Ikkinchi bob. ONA VATANIMIZ – G‘URUR-IFTIXORIMIZ.
O‘zbekiston deya atalur.
Amaliy mashg‘ulot. O‘zbekiston milliy kutubxonasi.
O‘zbekiston xalqi.
Amaliy mashg‘ulot. Mirzo Ulug‘bek muzeyi.
O‘zbekiston davlati.
Amaliy mashg‘ulot. Mustaqillik – avvalo huquq demakdir.
O‘zbekiston Prezidenti.
Amaliy mashg‘ulot. Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi.
Vatanimiz timsollari.
Amaliy mashg‘ulot. O‘zbekiston Konstitutsiyasi.
Takrorlash.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Vatan tuyg‘usi, 5 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-04-19 10:46:13