Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014

Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014.

Учебник по родному языку для 9 класса на узбекском языке.

   Shu kungacha Sizlar «Ona tili» fanining fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis bo‘limlari bo‘yicha izchil ma’lumot oldingiz. Fonetika bo‘limida tovush va harf, ularning o‘zaro munosabati, so‘z tarkibida yonma-yon kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri, talaffuzi va imlosi, leksikologiya bo‘limida so‘zlarning ma’nolari, bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar, ma’nodosh, shakldosh va zid ma’noli so‘zlar, iboralar, morfologiya bo‘limida so‘zning shakllari, so‘z turkumlari, sintaksis bo‘limida so‘zlarni bir-biriga to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish qoidalari bilan tanishdingiz. Gaplarning tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma gaplarga bo‘linishi haqida ma’lumot oldingiz va sodda gapning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritdingiz.
IX sinfda sintaksisni o‘rganishda davom etasiz. Unda sodda gap bilan qo‘shma gapning farqi, qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, qo‘shma gapning turlari, bir fikrni qo‘shma gapning turli ko‘rinishlari bilan ifodalash mumkinligi, ularda tinish belgilarining ishlatilishi bo‘yicha bilimga ega bo‘lasiz.
Ona tilimizning keng imkoniyatlarini o‘rganishda Sizga omad yor bo‘lsin!

Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014


DUNYO TILLARI VA O‘ZBEK TILI.
Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo‘lib, o‘rganib-o‘rgatib qaytmoqdalar. Agar siz Òoshkentdan poyezdga o‘tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yo‘lingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, fransuz singari tillardagi gaplarni eshitasiz.

Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysi bir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligi, ayrimlarining esa tamomila boshqa, ona tilingizga o‘xshamasligining guvohi bo‘lasiz. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan tillar qarindosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo‘lmagan tillar qarindosh bo‘lmagan tillar hisoblanadi. Hozirgi kunda yer yuzida mavjud bo‘lgan 7000 ga yaqin til hind-yevropa, turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo‘linadi. Masalan, o‘zbek, turk, turkman, qirg‘iz, qozoq, tatar, uyg‘ur, boshqird, ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor singari tillar bir oilaga mansub bo‘lib, ular turkiy tillar oilasi nomi bilan yuritiladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindosh tillar ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir.

MUNDARIJA.
KIRISH.
1-dars. Dunyo tillari va o‘zbek tili.
ÒAKRORLASH.
2-dars. So‘z birikmasi bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
3-dars. Gap bo‘laklari bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
4-dars. Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
5-dars. Undalmali va kirish so‘zli gaplar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
QO‘SHMA GAPLAR.
6-dars. Sodda va qo‘shma gaplar.
7-dars. Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar.
8–9-darslar. Nazorat ishi.
10-darslar. Qo‘shma gaplar tasnifi.
BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR.
11-dars. Bog‘langan qo‘shma gap haqida ma’lumot.
12-dars. Biriktiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
13-dars. Zidlov bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
14-dars. Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
15-dars. Inkor bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
16-dars. Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
17-dars. Mustahkamlash.
18-dars. Nazorat ishi.
ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR.
19-dars. Ergashgan qo‘shma gap haqida ma’lumot.
20-dars. Bosh va ergash gap.
21-dars. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar.
22–23-darslar. Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar.
24-dars. Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar.
25-dars. Mustahkamlash.
26–27-darslar. Nazorat ishi.
28-dars. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar.
29-dars. Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar.
30-dars Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar.
31-dars. Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar.
32-dars. Nazorat ishi.
33-dars. Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi.
34-dars. Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar.
35-dars. Ega ergash gapli qo‘shma gaplar.
36-dars. Hol ergash gapli qo‘shma gaplar.
37-dars. Òo‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
38-dars. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar.
39-dars. Mustahkamlash.
40–41-darslar. Nazorat ishi.
BOG‘LOVCHISIZ QO‘SHMA GAPLAR.
42-dars. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap haqida ma’lumot.
43–44-darslar. Qo‘shma gap turlarining ma’nodoshligi.
45-dars. Mustahkamlash.
46–47-darslar. Nazorat ishi.
KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPLAR.
48-dars. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap haqida ma’lumot.
49-dars. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapning tuzilishi.
50–51-darslar. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi.
52-dars. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
53-dars. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish.
54-dars. Mustahkamlash.
55–56-darslar. Nazorat ishi.
NUÒQ USLUBLARI.
57-dars. Nutq uslublari haqida ma’lumot.
58-dars. So‘zlashuv uslubi.
59-dars. Publitsistik uslub.
60-dars. Badiiy uslub.
61-dars. Ilmiy uslub.
62-dars. Rasmiy uslub.
63-dars. Mustahkamlash.
64–65-darslar. Insho nazariyasi haqida ma’lumot.
66-dars. Nazorat ishi.
O‘TILGANLARNI TAKRORLASH.
67-dars. Qo‘shma gaplar bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
68-dars. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar, nutq uslublari bo‘yicha o‘tilganlarni takrorlash.
O‘tilganlar bo‘yicha test savollari.
Asosiy atamalar lug‘ati.
Tushunilishi qiyin so‘zlar lug‘ati.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 9 sinf, Mahmudov N.M., Nurmonov A., Sobirov A.Sh., 2014 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-22 05:42:13