Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018.

Учебник по основам духовности для 10-11 класса на узбекском языке.

   Dunyoda har bir narsaning o‘zagi, mohiyati bo‘ladi. Odamzod mohiyatini uning yaratuvchanligi, mustahkam irodasi, din-u diyonati, boshqalarga xolis yordamga kelishi, boshiga ofat-g‘am tushganida hamdardlik bildirishi, shodligiga sherik bo‘lishi, mehr-oqibati, bir so‘z bilan aytganda, go‘zal ma’naviy olami tashkil etadi.
Mazkur darslikda o‘quvchi-yoshlarning qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini singdirish, ularni ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan matonatli, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash maqsadida ma’naviyatning tub mohiyatiga kirib borishga harakat qilindi. Har bitta mavzuning boshida faollashtirish uchun savol va topshiriqlar berilgan. Aksariyat vaziyat va misollar Siz va tengdoshlaringiz hayotidan keltirilgan. Bular sizning quyi sinflarda olgan bilimlaringizni yodga olishda o‘ziga xos imtihon vazifasini o‘taydi.

Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018


Ma’naviyat — beqiyos kuch.
Ma’naviyat — inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga soladigan yengilmas kuch. Ma’naviyat asosini jamiyat, millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, turmush tarzi, g‘oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushunchalar tashkil etadi.

Inson ma’naviyatining shakllanishida tarixiy xotira alohida ahamiyatga ega. Ertalab uyqudan uyg‘ongan inson tasodifan o‘zining kim ekanligini, ismi, sharifini unutib qo‘ysa, atrofidagi yaqin insonlarini tanimay qolsa, bu holat o‘sha inson, uning oilasi uchun katta fojia. Agar millat o‘zining kim ekanligini unutsa, bu o‘sha millat uchun ulkan halokatdir.

Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. O‘zligini yo‘qotgan millat esa, hamisha qullikka mahkumdir.

MUNDARIJA.
Kirish.
1-§. Ma’naviyat — beqiyos kuch.
2-§. Inson ma’naviyati va o‘zlikni anglash.
3-§. Oila ma’naviyati.
4-§. Jamiyat ma’naviyatining shakllanishida mahallaning o‘rni.
5-§. Inson va jamiyat.
6-§. Fuqarolik jamiyatida inson tafakkuri.
7-§. Moddiy va ma’naviy hayot — inson ziynati.
8-§. Fuqarolik mas’uliyati va daxldorlik.
9-§. Ma’naviy xavfsizlik.
10-§. Mustahkam iroda — kuchli ma’naviyat kafolati.
11-§. Ma’naviyat komillikka yetaklaydi.
12-§. Inson ma’naviyatida ma’rifatning o‘rni.
13-§. Nafosat (estetika) va ma’naviyat.
14-§. Inson ma’naviyatini shakllantirishda imijning o‘rni.
15-§. Inson ma’naviyatida etiketning o‘rni.
10-sinfni yakunlaymiz!.
1-§. Inson — kishilik jamiyatining ijodkori.
2-§. Ma’naviyat — millat qiyofasi.
3-§. Ma’naviy barkamollik.
4-§. O‘zbekiston rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari.
5-§. Milliy an’analarning inson ma’naviyati yuksalishiga ta’siri.
6-§. Ma’naviy merosning inson va jamiyat rivojiga ta’siri.
7-§. Oila — muqaddas qo‘rg‘on.
8-§. Ma’naviy qadriyatlar rivojida millatlararo totuvlik munosabatlari.
9-§. Muloqot va o‘zaro munosabatlarda ma’naviyatning o‘rni.
10-§. Aqliy salohiyatning jamiyat ma’naviy yangilanishidagi o‘rni.
11-§. Adabiyot — xalq qalbining ma’naviy ifodasi.
12-§. Ekologik madaniyat va ma’naviyat uyg‘unligi.
13-§. Yoshlar faoliyatida yuksak ma’naviyatni shakllantirish.
14-§. Globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatga qarshi tahdidlar.
15-§. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta’siri.
Umumlashtiruvchi dars.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ma’naviyat asoslari, 10-11 sinf, Qo‘chqorov V., Mahmudov O., Zamonov Z., 2018 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-22 10:03:17