Najot, Afsona-qissa, Qodirov P., 2020

Najot, Afsona-qissa, Qodirov P., 2020.
 
Книги по художественной литературе на узбекском языке.

   Hech qanday manfaatlarsiz odamlarga yaxshilik qilmoqqa chog'langan, bu yo'lda hatto o‘z jonini fido etishdan qaytmaydigan mard o'g'lonlar kamol topgan bu yurtda. Ulaming qahramonliklari asrlardan-asrlarga o‘tib, afsonaga aylangan. Oilada tug'ilgan o‘g‘il farzandini yurt koriga yaraydigan, vatani va oilasining xaloskori qilib tarbiyalashni niyat qilgan onajonlarimizga bag'ishlanadi bu kitob.
Shuningdek, mehnatim, nomusim, g'ururim bilan el orasida hurmat qozonaman, degan ulug‘ maqsad bilan yashayotgan yosh do'stlarimiz uchun bu kitob.
Azaliy va o'lmas mavzu yaxshilik va uning inson hayotidagi o‘rni masalasiga bag'ishlangan «Najot» afsona-qissasini e’tiboringizga havola qilishdan maqsadimiz - bugun kamolga yetayotgan, qadr-qimmat masalalari biroz unut bo'layotgan axborotlashuv asrida yosh do'stlarimizga ular buyuk avlodning ajdodi ekanliklarini eslatishdan iborat.

Najot, Afsona-qissa, Qodirov P., 2020


NAJOT.
Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi.O'tlar bo'liq, lolaqizgaldoqlar gulini to'kkan. Qirlarda pichan o'rayotgan dehqonlar surnay va nogora chalib borayotgan otliqlarga qayrilib qaraydilar. Shunda shahzodaning chinqiroq ovozli jarchisi odamlarni ogohlantiradi:
- Hov, xaloyiq, eshitmadim dema, shahzoda Abusaid hazratlari ov qiladigan joyga yaqin kelma!..
Kimda-kim shahzodaning ov qilishiga xalaqit bersa boshi baloga qoladi, moli talonga tushadi! Hov, tog'lardagi cho'ponlar, qirlardagi dehqonlar! Eshitmadim demanglar!..

Shahzoda Abusaid o'ynoqi chavkar otda atrofigd sinchiklab ko‘z tikadi, lekin butalar ustiga qo'nib sayrayotgan zarg'aldoqlar va osmonda g‘ujur-g‘ujur qilayotgan to'rgaylardan boshqa bfron jonzot ko'rinmaydi. Shahzoda yonidagi Yigit og'asiga buyurdi:
- Jarchini jim qiling! Ov deb olamga shovqin soladi, bu yoqda bironta bedana ham uchramaydiku!
Yigit og‘a otiga qamchi bosib, jarchi tomon yelib ketdi, Zum o'tmay jarchining ovozi ham, nog'ora va surnaylar ham jim bo'ldi.
Shahzodaning avzoyi.yomonligini ko'rgan Yigit og'asi oradagi g'uborni hazil-mutoyiba bilan tarqatmoqchi bo'ldi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Najot, Afsona-qissa, Qodirov P., 2020 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-10-31 10:08:57