Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Temuriylar sulolasini yuksaltirishda Sohibqironning sadoqatli o‘g‘li Shohruh Mirzo qanday fidoyilik va donolik bilan faoliyat ko‘rsatgani ushbu romanning markaziy mavzularidandir. Ulkan saltanatni parchalanib ketish xatarlaridan saqlab qolishda Shohruh Mirzoga suyukli umr yo‘ldoshi Gavharshod begim va buyuk olim o‘g‘li Ulug‘bek Mirzo yaqindan yordam berganliklari romanda aniq tarixiy faktlar asosida tasvirlanadi. Dramatik voqealarga boy bu asarda ulug‘ shoir Alisher Navoiy va uning do‘sti Husayn Boyqaroning yoshlik davrlariga va tarixda yorqin iz qoldirgan oliyjanob ishlariga ham alohida o‘rin beriladi.
Asaming ilk varianti “Ona lochin vidosi” nomi bilan chop etilgan va kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib olingan edi. Romanning ushbu to‘ldirilgan nashrida Xoqoni Said nomini olgan Shohruh Mirzo, uning buyuk o‘g‘li Ulug‘bek va donishmand umr yo‘ldoshi Gavharshod begim ibratli bir oila sifatida Sohibqiron yaratgan ulug‘ saltanatni qirq yildan ortiq adolat bilan boshqarib, temuriylar sulolasining rivojiga ulkan hissa qo‘shganliklari muhtaram kitobxonlarda yorqin taassurot qoldiradi, degan umiddamiz.
TOG‘LARGA TARMASHGAN BULUTLAR.
Shohruh Mirzo1 suyukli malikasi Gavharshod begimga atab Hirotning ko‘krakdor joyiga oq marmardan uch oshiyonlik qasr qurdirgan. Qasr atrofidagi bag‘ri keng bog‘da sarvlar, baland bo‘ylik va mayda barglik lisonut tayr va sanobar daraxt- lari saf tortgan. Jiydaga o'xshagan kumushrang barglik bu azim daraxtlar quyoshda nuqraday oqish bo‘lib ko‘rinadi va oq mar-mar qasrga juda mos keladi. Shuning uchun bu bog‘ga “Oydinbog‘“ — “Bog‘i Safed” deb nom berganlar.
Qasming yuqori qavatidagi naqshinkor ayvondan qorli Iskalja tog‘lari ko‘rinib turadi.
Ayvonda kitob o‘qib o‘ltirgan Gavharshod begim goho sahifalardan ko‘zini olib, o‘sha tog‘lar atrofida o‘ralashadigan bulutlarga o'ychan tikiladi. Baland tog‘ tizmasi ustidan oshib o‘tolmaydigan og‘ir qora bulutlar cho'qqilar boshiga shamol, bo‘ron keltirishi, do‘l yog‘dirishi begimning qo‘lidagi Yazdiy “Zafarnoma”sining tahlikali voqealariga o'xshab ketadi.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Shohruh va Gavharshod, Tarixiy roman, Qodirov Р., 2021 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: книга на узбекском языке :: литература :: Qodirov
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Kitob, mening do‘stimsan, She’r va ertaklar, Diyor Z., 2019
- Виждон уйғонур, Малик Т., 2014
- Ғазал гулзоридан 100 оташин гул, Навоий A., 2013
- Ko zlaringda bormi yulduzing, She’rlar, Zulfiya, 2021
Предыдущие статьи:
- Тоғлар ҳам қарийди, Ҳикоялар, Ахтамқули, 2011
- Nodir hikoyatlar, Avfiy M., 2011
- Инсон қалби, Унинг эзгулик ва ёвузликка бўлган лаёқати, Фромм Э., 2016
- O‘nta negr bolasi, Roman, Kristi A., 2020