Ravshan, Xalq og‘zaki ijodi, 2019

Ravshan, Xalq og‘zaki ijodi, 2019.
 
Книги по художественной литературе на узбекском языке.

   Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Ravshan" dostoni o'zbek va turkman xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan.
"Ravshan" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1937) tomonidan kuylangan va Hodi Zarif (1905-1972) tomonidan yozib olingan va nashrga tayyorlangan.
“Ravshan" dostonida turkiy xalqlarning azal-azaldan imon-e 'tiqod, or-nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug ‘lanishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni о‘qish davomida Ravshanning bobosi - Go'ro'g'lining nevaralarining o'zaro turmush qurishi uchun qilgan harakatlari, Ravshan Zulxumorni izlab safarga chiqishi, Shirvon elidagi sarguzashtlari, uning Qoraxon podshoga asir tushishi, Ravshanning iymon-e 'tiqodining qanchalik kuchliligiga, Hasanxonning o'g'lini qutqarishga borishi, aka-uka kallarning Hasanxonga yordam berishi va oxir-oqibat Zulxumor va Ravshanning о'zaro turmush qurishiga guvoh bo 'lasiz.
Shuningdek, siz ushbu dostonni о'qish davomida xalqimizning bir qancha tarixiy etnografik urf-odatlari, safar, aka-uka munosabatlari, iymon va e'tiqod haqida та'lumotlarga ega bo'lasiz.

Ravshan, Xalq og‘zaki ijodi, 2019


Ravshan.
Burungi o‘tgan zamonda, el-yurti omonda. o‘zi qibla tomonda, Buxorodan to‘manda, Taka-Yovmit deganda, Yovmit elida, Chambilning belida Go‘ro‘g‘libek davrini surib o‘tdi, dushmanning dodini berib o'tdi. Qirq yigitni yig‘ib, dovulni' tuyib2, oltin piyolaga maylar quyib, araqqa bolni qotib, bolga araqni qotib, qirq yigitni yig'dirib. silovsin to'n kiydirib, kuniga kechkisin sergo'sht qilib, sermoyli palovga to‘ydirib, semiz qo‘ydan so‘ydirib, ko'pkarisini choptirib, olomonga ola sarpo yoptirib, el-xalqning ko‘nglin toptirib, Yunus bilan Misqol parini Ko‘hi Qofdan, Iram bog'idan keltirjb, pari bilan o‘ynab-kulib. davrini surib, umr о‘tkаrar edi.

Go‘ro‘g‘libekka xudo farzand berniadi, oti o'chmadi. Shunda Go‘ro‘g‘libek:
«Asli taqdir-qismatda bizga farzanddan taqsim bo‘lgan yo‘q ekan», - deb taqdirga tan berib, Hasanxonni Vayangandan. Avazxonni Xunxordan olib kelib, ikkovini ulim deb, iskasam gulim deb, jon-u dilim deb, tobutimning chegasi, el-yurtimning egasi, o‘lsam merosxo‘rim deb, ikkovi bilan ko‘nglini xush qilib, shularga bino qo‘yib, bolam-bo‘tam, deb parvarish qilar edi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ravshan, Xalq og‘zaki ijodi, 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-10-31 10:08:57