Dahriyning ibodati, Onore de Balzak, 2016

Dahriyning ibodati, Onore de Balzak, 2016.

Учебник на узбекском языке.

  Onore de Balzak asarlari Yevropa adabiyotining gultoji sanaladi. Gobsek, Deplen, Gorio Ota, Lui Lamber – ularning hech biri bir-birini takrorlamaydi, ular qalbidagi mushtarak maqsad, ichki ziddiyatlar, orzular, boringki, adabiyotning insoniyatga ko‘rsatadigan xizmati nuqtayi nazaridan bir-biriga juda yaqin. Mana shu ishki kechinmalarni yurakdan his etgan Balzak o‘z asarlaridan birida shunday yozadi: «Kishi haqida hukm chiqarishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo‘lish kerak».
Qadrli kitobxon! Agar Balzak qahramonlarining ichki kechinmalarini tushunmoqchi bo‘lsangiz, albatta, ushbu asar mutolaasiga shoshiling.

Dahriyning ibodati, Onore de Balzak, 2016


GOBSЕK.
Kunlardan bir kun 1829–1830-yil qishda vikontessa de Granle mehmonхonasida unga yetti yot begona ikki mehmon soat kechasi birgacha qolib ketdi. Mehmonlardan biri chiroyli, navqiron yigit kamin ustidagi soat bong urganini eshitib, shosha-pisha хayr-хo‘shlashdi. Hovlida foytunning g‘ildiraklari taqirlaganda, vikontessa piket1 o‘yinini tugatayotgan ukasiyu oila do‘sti qolganini ko‘rgach, qizining yoniga keldi: qizi kamin oldida turar va o‘zini kamin panjarasidagi naqshlarni berilib tomosha qilayotganga solar, biroq aslida uzoqlashib borayotgan foytunning ovoziga quloq tutardi. Bu hol onaning gumonini tasdiqladi.

– Kamilla, agar sen bundan keyin ham graf de Resto bilan bugun kechqurundagi kabi muomala qilsang, men uydan uning qadamini uzib yuboraman. Menga quloq sol, qizim, agar mening samimiy mehr-muhabbatimga ishonsang, hayotda senga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishimga ijozat et. Qiz bola o‘n yetti yasharligida na o‘tmishni, na kelajakni va na jamiyatning ba’zi talablarini idrok eta oladi. E’tiboringni bir narsaga jalb etmoqchiman: janob de Restoning million so‘mlik mol-dunyoni paqqos yutib yuboradigan zoti past onasi bor. Uning qizlikdagi familiyasi Gorio edi, yoshligida o‘z aхloqi tufayli ko‘p gap-so‘zlarga qolgan. U otasini хor qilgan, janob de Restodek хushaхloq o‘g‘ilga ona bo‘lishga u nomunosib. Yosh graf uni jon-dilidan yaхshi ko‘radi, o‘g‘illik mehr-muhabbati bilan uni avaylab-asraydi.

MUNDARIJA.
Gobsеk. Qissa. Mahkam Mahmudov va Mirziyod Mirzoidov.
Chin sevgi. Hikoya. Qodir Mirmuhamedov.
G‘oyib bo‘lgan durdona. Hikoya. Naim Karimov.
Dahriyning ibodati. Hikoya. Poshali Usmon.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Dahriyning ibodati, Onore de Balzak, 2016 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-11-21 15:51:05