Tohir va Zuhra, Doston, Rahmatulla Y., 2004

Tohir va Zuhra, Doston, Rahmatulla Y., 2004.

Учебник на узбекском языке.

  “Tohir va Zuhra” xalq dostonining asosiy mavzusi sevgi-muhabbatdir. Bu sevgi o‘zida samimiyat, vafo va sadoqat, mardlik va jasorat, ezgulik va adolat kabi olijanob fazilatlarni mujassamlashtirgan, kurashlarda chiniqqan armonli sevgidir. Tohir ham, Zuhra ham sevgi va kurashda kamol topadi, hech qanday dahshatli kuch ularning azmu qaroridan qaytarolmaydi, hatto о lim tahlikasi ham sevgi yo‘lidan chekinishga monelik qilolmaydi. Ikki sevishgan hayoti fojia bilan yakun topsa-da, muhabbatlari mangu dostonga aylanadi. Qo'lingizdagi ana shu doston Siz aziz o‘quvchilarning sevimli kitobingiz bolib qolaqi, degan umiddamiz.

Tohir va Zuhr, Doston, Rahmatulla Y., 2004


TOHIR VA ZUHRA.
O‘tgan zamonda, elu yurti omonda, anavi ko‘ringan to‘garning ortida, Samarqandning sirtida, O‘zjan yurtida Qoraxon va Sarixon deganlar o‘tdi. Qoraxon podshohlik qilib, Sarixon vazirlik qilib, ikkavi do‘st bo‘lib, bir-birining gapini yerda qoldirmay, hurmat-izzat bilan, katta davlat bilan, noz-ne‘mat bilan yashab, oshlarini oshab, ikkavi ham qirqdan qirq beshga qarab qadam qo‘yib qoldilar. Ammo bularning hech narsadan kami yo‘q bo‘lsa ham, dunyoda bir timoqqa zor edilar.

Kunlardan bir kun Sarixon podshohning oldiga kirsa, Qoraxon zor-zor yig‘lab o‘tiribdi. Shunda Sarixon Qoraxon podshohga qarab: “Ey, shohim, mamlakatning to‘rt tarafi hukmingizda bo‘lsa, soyangizdan qush qo‘rqib uchib o‘tolmasa... sizga qayerdan sitam o‘tdi?” deb so‘rab, nima deydi:
Davlatda jamlik bo‘lmasa,
Savlatda kamlik bo‘lmasa,
Bisotingda sanoqsiz mol,
Ne’matda kamlik bo‘lmasa...
Shohim, kimdan sitam o‘tdi?



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Tohir va Zuhra, Doston, Rahmatulla Y., 2004 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-04-18 04:01:14