Учебник по биологии для 8 класса на узбекском языке.
Siz mazkur darslikdan biologiya fanining eng katta bo‘limi—o‘simliklar va hayvonot olamining tashqi hamda ichki tuzilishi, oziqlanishi hamda ko‘payishini o‘rganuvchi botanika, zoologiya fanlarining uzviy davomchisi bo‘lgan „Odam va uning salomatligi“ bo‘limini o‘qib, odam organizmining tuzilishi, undagi organlar sistemasi, to‘qimalar va organlarning faoliyati, o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari, odamning sog‘lom bo‘lishi hamda uzoq umr ko‘rishida jismoniy tarbiya hamda sportning ahamiyati, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish masalalarini bilib olasiz.
O‘ylaymizki, sodda, jonli tilda yozilgan mazkur darslik Sizning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishingizni yana ham orttiradi, biologiya va tibbiyotga oid bilimlaringizni kengaytiradi.

Epiteliy (qoplovchi) to‘qima.
Bu to‘qima teri sirtini, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish va boshqa organlarning ichki yuzasini qoplab turadi. Buni organlar ichki pardasi, ya’ni shilliq qavat deb ham ataladi.
Epiteliy to‘qima joylashishi, bajaradigan vazifasi, tuzilishiga ko‘ra bir necha xil bo‘ladi: shakli yassi (yapaloq), kubsimon, silindrsimon, bir qavatli, ko‘p qavatli va hokazo. Yassi epiteley teri sirtini qoplab turadi, kubsimon epiteliy buyrakda, silindrsimon epiteliy ichakning ichki yuzasida, tukli epiteliy burun bo‘shlig‘ining ichki yuzasida joylashgan.
Epiteliy to‘qima joylashishiga qarab har xil vazifani bajaradi: terining ustki qismini va burun bo‘shlig‘ini qoplab turgan epiteliy to‘qimalari himoya vazifasini bajaradi; me’da-ichaklarning ichki yuzasidagi epiteliy to‘qima ovqat hazm qilishda ishtirok etadi.
MUNDARIJA.
Kirish.
1-§. Odam va uning salomatligi to‘g‘risida umumiy tushuncha.
I bob. Odam organizmi haqida umumiy ma’lumot.
2-§. Odam organizmining hujayraviy tuzilishi.
3-§. To‘qimalar, organlar va organlar sistemasi.
4-§. Organizm va tashqi muhit.
II bob. Tayanch-harakatlanish sistemasi.
5-§. Tayanch-harakatlanish sistemasining tuzilishi.
6-§. Suyaklarning tuzilishi va tarkibi.
7-§. Muskullar va ularning funksiyasi.
8-§. Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari.
9-§. Muskullarning ishlashi.
10-§. Qad-qomatning shakllanishi.
III bob. Qon.
11-§. Organizmning ichki muhiti.
12-§. Qonning tarkibi va shaklli elementlari.
13-§. Qon guruhlari.
14-§. Immunitet.
IV bob. Qon aylanish sistemasi.
15-§. Qon aylanish sistemasi haqida umumiy tushuncha.
16-§. Katta va kichik qon aylanish doirasi.
17-§. Qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanishi.
18-§. Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta’siri.
V bob. Nafas olish sistemasi.
19-§. Nafas olish, nafas olish organlarining tuzilishi.
20-§. Ovoz apparati.
21-§. O‘pka va to‘qimalarda gazlar almashinuvi.
22-§. Sun’iy nafas oldirish.
VI bob. Ovqat hazm qilish sistemasi.
23-§. Ovqat hazm qilishning ahamiyati.
24-§. Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi va vazifasi.
25-§. Jigar. Me’daosti bezi. Ovqat hazm qilishning boshqarilishi.
26-§. Ovqat hazm qilish organlari gigiyenasi. Me’da-ichak kasalliklari va ularning oldini olish.
VII bob. Moddalar va energiya almashinuvi.
27-§. Moddalar va energiya almashinuvi haqida umumiy tushuncha.
28-§. Vitaminlar.
29-§. Energiya almashinuvi.
VIII bob. Ayirish sistemasi.
30-§. Ayirish sistemasining ahamiyati.
IX bob. Teri.
31-§. Terining tuzilishi va funksiyasi.
32-§. Organizmni chiniqtirish. Teri gigiyenasi.
33-§. Teri shikastlanganda birinchi yordam.
X bob. Ichki sekretsiya bezlari.
34-§. Ichki sekretsiya bezlari haqida umumiy tushuncha.
35-§. Qalqonsimon, qalqon orqa va ayrisimon bezlar.
36-§. Buyrakusti, me’daosti va jinsiy bezlar.
XI bob. Nerv sistemasi.
37-§. Nerv sistemasining ahamiyati va tuzilishi.
38-§. Bosh miya.
39-§. Vegetativ nerv sistemasi.
40-§. Nerv sistemasi kasalliklari.
XII bob. Oliy nerv faoliyati.
41-§. Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz va shartli reflekslar.
42-§. Markaziy nerv sistemasining tormozlanishi.
43-§. Oliy nerv faoliyati — odam xulq-atvorining asosi.
44-§. Nutq va fikrlash.
45-§. Uyqu va uning ahamiyati.
46-§. Nerv sistemasi gigiyenasi.
XIII bob. Sezgi organlari.
47-§. Sezgi organlarining ahamiyati. Ko‘rish organlari.
48-§. Eshitish organi (eshitish analizatori).
49-§. Muvozanat organi (vestibular analizator).
50-§. Muskul, pay va bo‘g‘imlar orqali sezish (harakat analizatori).
51-§. Hid va ta’m bilish organlari.
XIV bob. Ko‘payish va rivojlanish.
52-§. Ko‘payishning ahamiyati. Ko‘payish organlarining tuzilishi.
53-§. Urug‘lanish va homilaning rivojlanishi.
54-§. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Odam va uning salomatligi, 8 sinf, Aminov B., Tilavov T., Mavlonov O., 2014 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу, если она есть в продаже, и похожие книги по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить книги
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: биология :: Aminov :: Tilavov :: Mavlonov :: 8 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Предыдущие статьи: