Учебник по зоологии для 7 класса на узбекском языке.
Siz O'zbekistonimizning ko'rar ko'zlari, yorqin kelajagisiz. Zoologiya darsligi sizni rangbarang va xilma-xil hayvonot dunyosiga olib kiradi. Darslik sizga hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishiga doir bilimlar beradi. Sizni faol bilim olish va mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Siz uni qunt bilan o'qisangiz hayvonlar hayotidan juda ko'p narsalami bilib olasiz. Bilganlaringiz esa sizga kelgusida kasb tanlashingizda yordam beradi. Haryvonot va o‘simliklar dunyosini yaxshi bilgan kishi uni sevadi va ardoqlaydi.
Ilm cho'qqilari sari qadam tashlashingizda doimo omad yor bo'lsin!

Xivchinlilar sinfi.
Xivchinlilaini yashil evglena misolida o‘rganamiz. Xivchinlilar tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvonlardir. Ulaming tipik vakili yashil evglena hisoblanadi (6-rasm). Ular bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi.
Harakatlanishi va tuzilishi. Yashil evglena ko'lmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bo'lib, oldingi va keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga o‘xshash buralib, uni oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dog'ga o'xshash «ko'zcha» joylashgan.
Oziqlanishi. Evglena sitoplazmasida yashil tanachalar shaklidagi xromotoforalar bo‘ladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evgtena fotosinrez qiladi. Yorug'lik ta'sirida uning xromotoforalarida organik moddalar hosil bo'ladi. Bu moddalar evglenaning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishi uchun sarf bo‘ladi. Evglena qorong‘ida hayvonlar singari tayyor organik inoddalar bilan o/iqlanadi. Agar uzoq muddat qorong‘i joyda saqlaiisa, evglena xlorofili yemirilib. hujayrasi rangsizlanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oziqlana boshlaydi. Evglenaning fotosintez qilish xususiyati 0‘simliklar bilan hayvonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini ko'rsatadi.
MUNDARIJA.
So‘zboshi.
I BOB. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma‘lumot.
1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari.
2-§. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlarni klassifikatsiya qilish.
II BOB. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar.
3-§. Soxta oyoqlilar sinfi.
4-§. Xivchinlilar sinfi.
5-§. Infuzoriyalar va sporalilar sinflari.
III BOB. Ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqichlilar tipi.
6-§. Gidroid poliðlar sinfi: chuchuk suv gidrasi.
7-§. Dengiz bo‘shliqichlilari.
IV BOB. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiplari.
8-§. Yassi chuvalchanglar tipi: kiðrikli chuvalchanglar sinfi.
9-§. Yassi chuvalchanglar tipi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari.
10-§. To‘garak chuvalchanglar tipi: odam askaridasi.
11-§. Parazit chuvalchanglarning xilma-xilligi.
V BOB. Halqali chuvalchanglar tipi.
12-§. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi.
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi.
VI BOB. Mollyuskalar tipi.
14-§. Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi.
15-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi.
VII BOB. Bo‘g‘imoyoqlilar tipi.
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi.
16-§. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko‘payishi.
17-§. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi.
7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi.
18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi.
19-§. O‘rgimchaksimonlarning xilma-xilligi.
7.3. Hasharotlar sinfi.
20-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining tashqi tuzilishi.
21-§. Yashil bronza qo‘ng‘izining ichki tuzilishi.
22-§. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi.
23-§. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar.
24-§. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqanotlilar turkumi.
25-§. Pardaqanotlilar turkumi: asalarilar.
26-§. Ikki qanotlilar turkumi.
27-§. Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati.
VIII BOB. Xordalilar tipi.
28-§. Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon.
8.1. Baliqlar.
29-§. Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi.
30-§. Baliqlarning ichki tuzilshi.
31-§. Nerv sistemasi va sezgi organlari.
32-§. Baliqlarning ko‘payishi va rivojlanishi.
33-§. Baliqlarning xilma-xilligi: tog‘ayli baliqlar sinfi.
34-§. Suyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati.
8.2. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi.
35-§. Ko‘l baqasining tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari.
36-§. Ko‘l baqasining ichki tuzilishi. 123
37-§. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ko‘payishi, rivojlanishi va xilma-xilligi.
8.3. Sudralib yuruvchilar sinfi.
38-§. Ildam kaltakesakning tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi.
39-§. Sudralib yuruvchilar xilma-xilligi: tangachalilar turkumi.
40-§. Toshbaqalar va timsohlar turkumlari.
8.4. Qushlar sinfi.
41-§. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi.
42-§. Ko‘k kaptarning skeleti va muskullari.
43-§. Qushlarning ichki tuzilishi va sezgi organlari.
44-§. Qushlarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi.
45-§. Qushlarning mavsumiy hodisalarga moslashishi.
46-§. Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho‘l qushlari.
47-§. Suv havzalari va sohil qushlari.
48-§. Yirtqich qushlar.
49-§. Parrandachilik.
8.5. Sutemizuvchilar sinfi.
50-§. Itning tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari.
51-§. Itning ichki tuzilishi.
52-§. Sutemizuvchilarning ko‘payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi.
53-§. Sutemizuvchilarning xilma-xilligi: tuxum qo‘yuvchilar, xaltalilar, yo‘ldoshlilar.
54-§. Qo‘lqanotlilar va kemiruvchilar turkumlari.
55-§. Yirtqich sutemizuvchilar turkumi.
56-§. Dengiz sutemizuvchilari: kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumlari.
57-§. Tuyoqli sutemizuvchilar.
58-§. Primatlar turkumi. Sutemizuvchilarning ahamiyati.
59-§. Sutemizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari.
IX BOB. Ver yuzida hayvonot dunyosining evolutsiyasi
60-§. Hayvonot dunyosi evolutsiyasining dalillari
61-§. Hayvonot dunyosi evolutsiyasining asosiy bosqichlari
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Zoologiya, 7 sinf, Mavlonov O., 2009 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать djvu
Ниже можно купить эту книгу, если она есть в продаже, и похожие книги по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить книги
Скачать - djvu - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: зоология :: Mavlonov :: 7 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Предыдущие статьи: