Mio, bolajonim Mio, Qissa, Lindgren A., 2021.
Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Mio - asl ismi Bu Vilxelm Ulson bolgan yigitcha. Tutingan ota-onasi bag'riga sig'dirmagan bolakay mo‘jiza sodir bo‘lib, o‘z otasi hukmronlik qiladigan yurt - Uzoq Mamlakatga borib qoladi. Bu yerda do'stlar orttiradi, odamlaming bir-birlariga bo'lgan mehr-muhabbatini ko‘rib, hayratga tushadi. Otasi har gal «Mio, bolajonim Mio», deya erkalaganda esa dunyoning eng baxtli bolalari qatorida ko'radi o'zini.
Yovuz Kato esa Uzoq Mamlakatning eng katta dushmani. Qolaversa, u shu mamlakat bolalarining ko‘pchiligi yuragini toshga aylantirgan va ulami ota-onasidan judo qilgan. Yovuz Katoga qarshi jangga otlangan Mio o‘quvchi ko‘z o'ngida haqiqiy qahramon sifatida gavdalanadi.
Qo‘lingizdagi kitob ana shu kabi sarguzashtlarga boy va u ilk bora o'zbek tilida nashr qilinmoqda.
Kun-u tun yo'lda.
Kimdir o'tgan yilning o‘n beshinchi oktabrida ra-dio eshitganmi? Balki, yo'qolgan bolakay haqidagi xabar qulog'ingizga chalingandir? Yo‘qmi? Xullas, radioda mana bunday e'lon yangragan edi:
«Stokgolm' politsiyasi to'qqiz yoshli Bu Vilxelm Ulsonni izlamoqda. 0‘tgan kuni kechki soat oltida и Uplandsgatan ko'chasidagi o‘.zi istiqomat qiluv-chi o‘n uchinchi uydan bedarak ketgan. Bu Vil-xelm Ulsonning sochlari mallarang, ko‘zlari ko‘k. O‘sha kuni uning egnida kalta jigarrang shalvar, to‘qilgan kulrang sviter va boshida qizil qalpoq-cha bo‘lgan. Qidiruvdagi shaxs haqida biror bir malumotga ega bo‘lsangiz, politsiyaning navbat-chi bo‘limiga xabar berishingizni so‘raymiz».
Ammo Bu Vilxelm Ulson izsiz g'oyib boldi. U haqda hech kim politsiyaga xabar bergani ham yo‘q. Bolakayning qayerga ketganligini mendan boshqa hech kim bilmaydi. Sababi - Bu Vilxelm Ulson janobi oliylari aynan menman.
Купить .
Теги: книга на узбекском языке :: литература :: Lindgren
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
- O‘nta negr bolasi, Roman, Kristi A., 2020
- Dunyo bolalari, Hikoyalar, Muxtor A., 2021
- Yevgeniy Onegin, She’riy roman, Pushkin A.S., 2021
- Sohil bo‘ylab chopayotgan Olapar, Qissa, Aytmatov C., 2019
- Yulduzim mangu yonadi, Tog‘ay M., 2020
- Ota izidan, Qissa va hikoyalar, Yoqubov O., 2021
- Odil Hokim, O zbek xalq ertaklari, Najmiddinov A., 2018
- Asqartog tomonlarda, Qissalar, A’zam A., 2019