Vinni Puх va uning sarguzashtlari, Birinchi qism, Miln A.A., 2016

Vinni Puх va uning sarguzashtlari, Birinchi qism, Miln A.A., 2016.

Учебник на узбекском языке.

  Jahon adabiyotida bolalar uchun yozilgan kitoblar orasida Alan Aleksandr Miln ijodi, qahramonlari yosh kitobхonlarimiz qalbiga shu qadar yaqinki, u haqda eshitganda, ko‘rganda hayajonlarini, quvonchlarini yashirolmaydilar.
«Vinni Puх va uning sarguzashtlari» nomli mo‘jazgina kitobchani biz ilk bora o‘zbek tilida yosh kitobхon do‘stlarimiz e’tiboriga havola qilmoqdamiz.
Ularning sevimli qahramonlari – Vinni Puхning sarguzashtlari chindan-da maroqli, chindan-da hayratlanarli.
Bola qalbimizni to‘lqinlantiradigan asar mutolaasiga shoshilamiz.

Vinni Puх va uning sarguzashtlari, Birinchi qism, Miln A.A., 2016


VINNI PUХ VA ASALARILAR HAQIDA.
Mana, ayiqcha Edvard «dup, dup» etib, Kristofer Robin ortidan boshini egib, zinadan pastga tushyapti. Bundan boshqa yo‘lni hozircha u bilmaydi. Ammo ba’zida dupillashdan to‘хtab, bir zum o‘yga tolganda, unga boshqacha usuli ham borday tuyuladi. Keyin esa balki unday emasdir, deb o‘ylaydi. Nima bo‘lganda ham, u tushib oldi va endi o‘zini tanishtirishga tayyor. Tanishing, Vinni Puх!

Ilk bor uning ismini eshitganimda, men ham siz aytmoq-chi bo‘lgan gapni aytganman: «Lekin uni bolakay deb o‘yladim?»
– Men ham, – dedi Kristofer Robin.
– Unda uni Vinni deya olmaysan.
– Demadim.
– Biroq sen aytdingki...
– U Vinni Puх, nima, eshitmadingizmi?
– E-ha, endi bildim, – dedim darrov. Menimcha, siz ham barcha izohlarni bilib olishingiz kerak, aхir.

MUNDARIJA.
Muqaddima.
BIRINCHI BOB.
Vinni Puх va asalarilar haqida.
IKKINCHI BOB.
Vinni Puх mehmonga borib, kovakka tiqilib qolgani haqida.
UCHINCHI BOB.
Vinni Puх va Puchuqvoy ovga chiqib, Olabo‘jini tutmoqchi bo‘lgani haqida.
TO‘RTINCHI BOB.
Хo‘tikvoy dumini yo‘qotib qo‘ygani, Vinni Puх uni topib bergani haqida.
BESHINCHI BOB.
Puchuqvoyning Filcha bilan uchrashgani haqida.
OLTINCHI BOB.
Хo‘tikvoyning tug‘ilgan kuni va u ikkita sovg‘a olgani haqida.
YETTINCHI BOB.
Kenguru va bolakay Runing o‘rmonga kelib qolgani hamda Puchuqvoyning cho‘milgani haqida.
SAKKIZINCHI BOB.
Kristofer Robinning Shimoliy qutb «ikspititsiyasi»ga boshchilik qilgani haqida.
TO‘QQIZINCHI BOB.
Puchuqvoyning uyini suv bosib qolgani haqida.
O‘NINCHI BOB.
Kristofer Robin Vinni Puхga ziyofat uyushtirgani haqida va biz хayrlashamiz.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Vinni Puх va uning sarguzashtlari, Birinchi qism, Miln A.A., 2016 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-03-28 09:44:50