Учебник по узбекскому языку для 8 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
O‘zbekiston - bizning Vatanimiz. 1991-yil 31-avgustda O‘z-bekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shundan beri har yili 1-sentabr sanasi Mustaqillik bayrami sifatida nishonlanadi. Poytaxtimizning bosh maydoni esa Mustaqillik maydoni deb atala boshlandi. Mustaqillik maydoniga kiraverishda Ezgulik arkasi bor. Uning ustidagi oppoq laylaklar ozodlik timsollari hisoblanadi. Maydon o‘rtasiga o‘rnatilgan obida „Mustaqillik va ezgulik monumenti“ deb ataladi. Unda O‘zbekiston xaritasi tasviri tushirilgan yer shari aks ettirilgan. Bu jahon xaritasida mustaqil O‘zbekiston davlati mustahkam o‘rin olganining ramziy ifodasidir.
Hosil bayrami.
O‘zbekistonda yoz oxiri - kuz boshi baxmal mavsum hisoblanib, bayram va sayillarga boy bo‘ladi. Bu mavsumda, ayniqsa, Hosil bayrami tantanali nishonlanib, unga bog‘ sayli, qovun sayli, uzum sayli, anor sayli kabi sayillar qo‘shilib ketadi. Kuz faslida, shuningdek, Mehrjon bayrami, Xirmon to‘yi kabi bayramlar ham o‘tkaziladi. Poliz mahsulotlari yarmarkalari ham tashkil etiladi.
Hosil bayrami barcha viloyatlarda keng nishonlanadi. Bayram dehqonlarning mehnatlari kamaygan paytda - hosil yig‘im-terimidan so‘ng o‘tkaziladi. Ayniqsa, qovun sayillari juda keng tarqalgan bo‘lib, bunda eng yaxshi qovun navlarini yetishtirgan dehqonlarni taqdirlashadi.
O‘zbekistonda yetishtiriladigan qovunlarning dovrug‘i butun dunyoga tarqalgan. Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l dalalarida obinovvot, bosvoldi, bo‘rikalla, shakarpalak, qizilurug‘ kabi navlari yetishtiriladi. Viloyatlarda hosil bayramida poyga, ko‘pkari, tosh ko‘tarish, arqon tortish, kurash kabi musobaqalarni tashkil etishadi. Bu bayram barchaga yaxshi kayfiyat ulashadi.
MUNDARIJA.
I mavzu: Mustaqil o‘zbekiston (Fe’l nisbatlari. Aniq nisbatdagi fe’llar).
II mavzu: Ona yurt manzaralari (Fe’lning o‘zlik va majhul nisbati, ularning yasalishi va qo‘llanishi).
III mavzu: Hosil bayrami (Fe’lning birgalik nisbati, uning yasalishi va qo ‘llanishi).
IV mavzu: Bug‘doy - rizq-ro‘zimiz (Fe’lning orttirma nisbati, uning yasalishi va imlosi).
V mavzu: Buyuk allomalar (Nisbat qo‘shimchalarining birdan ortiq qo‘llanishi, ularning imlosi va talaffuzi).
VI mavzu: O‘zbek yozuvchilari (Fe’lning vazifaviy shakllari. Harakat nomi, uning yasalishi va qo‘llanishi).
VII mavzu: Men sevgan asar (Ravishdosh, uning yasalishi va imlosi).
VIII mavzu: Milliy hunarmandchilik (Sifatdosh, uning yasalishi va imlosi).
IX mavzu: Hunarmand maktabi (Sifatdoshlarning ot o‘rnida qo‘llanishi).
X mavzu: Do‘stlik qudrati (Bog‘lovchilar, ularning turlari va qo‘llanishi).
XI mavzu: Sog‘lik - tuman boylik (Biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari, ularning qo‘llanishi va imlosi).
XII mavzu: Dunyo mo‘jizalari (Ayiruv va inkor bog‘ovchilari, ularning imlosi va talaffuzi).
XIII mavzu: O‘zbek tilshunoslari (Modal so‘zlar. Ishonch va tasdiqni bildiruvchi modal so‘zlar).
XIV mavzu: Hashar (Fikrning tartibi va kimga qarashliligini bildiruvchi modal so‘zlar).
XV mavzu: Tejamkor bo‘laylik (Gumon va taxmin bildiruvchi modal so‘zlar).
XVI mavzu: O‘zbekistonning tabiiy boyliklari (Fikrni xulosalashda qo‘llanadigan modal so‘zlar).
XVII mavzu: Mardlik - mangulik (Ko‘makchilar va yuklamalar, ularning imlosi va qo ‘llanishi).
XVIII mavzu: Kelgusi rejalarim (Undov so‘zlar, ularning qo‘llanishi va imlosi).
O‘zbekcha-tojikcha lug‘at.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘zbek tili, 8 sinf, Muxitdinova X.S., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу
Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:
Теги: учебник на узбекском языке :: узбекский язык :: Muxitdinova :: 8 класс
Смотрите также учебники, книги и учебные материалы:
Следующие учебники и книги:
- Стрессни ҳаёт қувватига айлантириш санъати, Мантэк Чиа, 2015
- Baliqchi va baliq haqida ertak, Pushkin А., 2017
- O‘qish kitobi, 4 sinf, Matchonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., 2020
- Хикматлар, Навоий А., 2011
Предыдущие статьи:
- O‘zbek tili, 5 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., Alovuddinova N., 2015
- O‘zbek tili, 4 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., 2020
- O‘zbek tili, 4 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., 2017
- O‘zbek tili, 3 sinf, Rafiyev A., Muhammadjonova G., Ziyamuhamedova G., 2019