Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016

Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016.

Учебник по физкультуре для 3 класса на узбекском языке.

   3-sinfda sizni juda ko‘p qiziqarli mashg‘ulotlar kutmoqda. Siz gimnastika, sport o‘yinlari elementlari, yangi umumrivojlantiruvchi mashqlarni va qiziqarli milliy harakatli o‘yinlarni o‘rganasiz. Shuningdek, organizmingiz va jismoniy sifatlaringizni rivojlantirish uchun murakkab mashqlar bajarish lozimligini bilib olasiz.
Bundan tashqari, siz uchinchi sinfda qanday mashqlar bo‘lishini, ular bir-biridan nima bilan farq qilishini, ular qanaqa sifatlarni rivojlantirish uchun qo‘llanilishini, mashqlarni va undan qanday foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini bilib olasiz. Shu bilan birga, jismoniy mashqlar majmuyi nimaligini va ularni qanday ketma-ketlikda bajarishni, o‘zingizning jismoniy rivojlanish darajangizni kuzatib borishni o‘rganasiz. Darslarda sportning ba’zi turlari to‘g‘risida, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi haqida qisqacha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016


Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2015- yil 4- sentabrda yangi tahrirdagi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Qonun yurtimizda jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish va sport ishini yuksaltirishning huquqiy kafolatini yuzaga keltirdi.

Yurtboshimizning «Sog‘lom avlod uchun» ordeni va shu nomdagi jamg‘armani ta’sis etish, sport bo‘yicha maxsus unvonlarni joriy qilish to‘g‘risidagi qaror-farmonlarga imzo chekishi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun» jurnalining tashkil etilishini bu sohada qo‘yilgan salmoqli qadam deyish mumkin. Chunki jurnalning asosiy maqsadi ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash hamda davlat ahamiyatiga molik vazifani amalga oshirishda keng ommani yanada ko‘proq jalb qilishga qaratilgandir.

Axir har bir oqil bolaning muqaddas burchi va vazifasi yaratilgan qulay shartsharoitlardan unumli foydalanib, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal kamol topishdan, Vatanga sadoqatli kishilar bo‘lib voyaga yetishidan iboratdir.

MUNDARIJA.
So‘zboshi.
Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilim asoslari.
1. Jismoniy tarbiya nima beradi?.
2. Siz nimalarni bilishingiz kerak?.
3. Jismoniy tarbiya gigiyenasi.
4. Maktab o‘quvchilarining kun tartibi.
5. Jismoniy tarbiyaning vujudga kelishidagi omillar.
O‘quv kun tartibidagi jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari.
1. Maktabda dars oldidan o‘tkaziladigan gimnastika.
2. Quvnoq daqiqalar.
3. Katta tanaffusda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar.
4. Sinfdan tashqari sport to‘garaklarining jismoniy tarbiyadagi ahamiyati.
Jismoniy tarbiya jarayonida amaliy harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
1. Saf mashqlari.
2. Tana holatlari va harakatlarini ifodalovchi asosiy atamalar.
3. Qad-qomat va uni shakllantirishga oid mashqlar.
4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
5. Muvozanat saqlash mashqlari.
6. Emaklash.
7. Oshib o‘tish va tirmashib chiqish.
8. Oddiy va aralash osilish mashqlari.
9. Raqs mashqlari.
10. Akrobatika mashqlari.
11. Tayanib sakrash.
12. Yurish.
13. Yugurish.
14. Sakrash.
15. Uloqtirish.
16. Futbol.
17. Futbolchi uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar.
18. Futbolchining harakatlari va usullari.
19. Basketbol.
20. Basketbolchi uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar.
21. Basketbolchining harakatlari va usullari.
22. Voleybol.
23. Voleybolchi uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar.
24. Voleybolchining harakatlari va usullari.
25. Harakatli o‘yinlar.
26. Suzish.
Sport turlari va sport haqida ma’lumotlar.
1. Gimnastika.
2. Yengil atletika.
3. Milliy kurash.
4. Belbog‘li kurash.
5. Turon.
6. Sport o‘yinlari.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Jismoniy tarbiya, 3 sinf, Mahkamjonov K., Xo‘jayev F., 2016 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-04-19 18:01:23