Adabiyot, 6 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022

Adabiyot, 6 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022.

Учебник по литературе для 6 класса на узбекском языке.

   “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, oʻrta taʼlimning asosiy maqsadlaridan biri oʻquvchilarda mustaqil fikrlash va mustaqil tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Umumiy taʼlim oldiga bunday maqsadning qonun bilan mustahkamlab qoʻyilishi bejiz emas. Mustaqil fikrlash va mustaqil tahlil koʻnikmalari shakllangan oʻquvchi ongli ravishda oʻz kelajagini belgilay oladi, keyingi hayot yoʻllarida oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ado eta oladi, “salla desa kallani koʻtarib keladigan” ijrochi emas (bunday ijrochilar bilan mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini taʼminlash imkonsiz), balki chuqur tahlil asnosida muammolarga samarali yechim taklif qila oladigan mutaxassis boʻlib yetishadi. Demak, umumiy taʼlimda oʻqitiladigan har bir fan oʻquvchilarda mustaqil fikrlash va tahlil koʻnikmalarini shakllantirishi lozim.

Adabiyot, 6 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022


DASTURDA VARIATIVLIK VA OʻQITUCHI ERKINLIGI.
Oʻqituvchi savol va topshiriqlar yordamida oʻquvchilarning biror badiiy asarni tahlil qilishlariga zamin yaratishda sinfdagi oʻquvchilarning intellektual imkoniyatlari, ruhiy holati, asarning taʼsir darajasini hisobga olgan holda ish koʻrishi zarur. Shuni hisobga olgan holda, dasturda variativlik koʻzda tutildi: ayrim oʻrinlarda oʻrganilishi va tahlil qilinishi tavsiya qilingan asarlardan birini tanlash imkoni berildi. Asarlarni oʻrganishda dasturda nomlari keltirilganlarning barchasini emas, bittasini chuqur tahlilga tortish orqali oʻquvchi adib ijodining oʻziga xosligini tushunishiga erishish tavsiya qilinadi.

Ushbu dasturda oʻqituvchilar tashabbuskorligini uygʻotish, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish hamda adabiy taʼlimda oʻlkashunoslik materiallaridan (xususan, oʻquvchilar yashab turgan hudud adabiy muhitida yaratilgan asarlardan) foydalanib taʼlimni hayotga yaqinlashtirish maqsadida har bir sinfda oʻrganilishi koʻzda tutilgan adabiy materiallarni 10 foizgacha boʻlgan miqdorda mahalliy sharoit talabi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning xohishlariga muvofiq istalgan adabiy siymoning istalgan badiiy yuksak asari bilan almashtirish mumkinligi hisobga olindi. Buning uchun dasturda boʻlmasa-da, oʻqituvchi oʻquvchilarga oʻrgatilishi zarur deb hisoblagan asarni yillik mavzuli oʻquv rejasiga kiritishi va uni qaysi asar oʻrniga oʻtishni moʻljallaganini koʻrsatishi kerak.

MUNDARIJA.
Adabiyot darslariga yangicha yondashuv.
Adabiyot fanining maqsad va vazifalari.
“Adabiyot” dasturi mazmuni va tuzilishi.
Dasturda variativlik va oʻqituchi erkinligi.
Darsdan tashqari mutolaa.
Adabiyot fani boʻyicha 6-sinf yakuniga qoʻyiladigan talablar.
6-sinf uchun taqvim-mavzuviy reja (tavsiyaviy).
1-fasl.
Abdulla Qahhor. “O‘g‘ri”.
G‘afur G‘ulom. “Shum bola”.
Odil Yoqubov. “Yaxshilik”.
O‘tkir Hoshimov. “Dunyoning ishlari”.
Fanlararo aloqa: adabiyot va tarix.
Takrorlash.
2-fasl.
Xalq og‘zaki ijodi: xalq qo‘shiqlari.
Alisher Navoiy. Ruboiylar.
Abay. “Yoshlikdan bilim izlab…” Avaz O‘tar. “Har tilni biluv emdi…”.
Lengston Hyuz. “Rahmat sizga, xonim”.
Fanlararo aloqa: adabiyot va ona tili.
Takrorlash.
3-fasl.
Hojiakbar Shayxov. “Birinchi sinov”.
Rey Bredberi. “Bir kunlik yoz”.
Jyul Vern. “O‘n besh yoshli kapitan”.
Artur Konan Doyl. “Mallalar uyushmasi”.
Fanlararo aloqa: adabiyot va texnologiya.
Takrorlash.
4-fasl.
Rahmat Fayziy. “Hazrati inson”.
Ibroyim Yusupov. “Qadrdon so‘qmoqlar”. Xurshid Davron. “Vatan devorlari”.
Oskar Uayld. “Baxtli Shahzoda”.
Azim Suyun. “Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi…” Omon Matjon. “Osmon sog‘inch kabi…”.
Fanlararo aloqa: adabiyot va tasviriy san’at.
Takrorlash.
Ilovalar.
Adabiyot darslarida qoʻllash mumkin boʻlgan usullar.
Faol oʻqish modeli.
Dahshatli kutish.
“Oʻylab koʻring – birgalikda ishlang – fikr almashing”.
“Yoʻnaltirish – oʻqish – mushohada yuritish”.
Bashorat.
To‘gʻri / notoʻgʻri / mavhum.
Matndan dalil.
Odil Yoqubovning “Muzqaymoq” hikoyasi asosida namunaviy dars ishlanmasi.
“Muzqaymoq” hikoyasi bo‘yicha namunaviy dars ishlanmasi tahlili.
Oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini rivojlantirishda badiiy matnlardan foydalanish.
Adabiyot darslarida yoki darsdan tashqari mashgʻulotlarda qoʻllash mumkin boʻlgan ayrim topshiriqlar.
Umumiy oʻrta taʼlimda adabiyot fanini oʻqitishni rivojlantirish konsepsiyasi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Adabiyot, 6 sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma, Mirzayeva Z.I., Djalilov K.Q., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


Следующие учебники и книги:
Предыдущие статьи:


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-21 16:21:57