Jahon tarixi, 7 sinf, Nasrullayev L.M., Salimov T., 2022

Jahon tarixi, 7 sinf, Nasrullayev L.M., Salimov T., 2022.

Учебник по истории для 7 класса на узбекском языке.

   Aziz o‘quvchi, o‘rta asrlar tarixi haqidagi ma’lumotlarni biz moddiy va yozma manbalar orqali olamiz. Moddiy manbalarga tarixiy muzeylardagi mehnat va jang qurollari, kiyim-kechak va taqinchoqlar, tangalar, haykallar, suratlar, shuningdek, uy-joylar, saroylar, qasrlar, ibodatxonalar ham kiradi. Yozma manbalarga esa tarixiy yilnomalar, soliq, jarima, sud, oldi-sotdi, qarz majburiyatlari bilan bog‘liq rasmiy hujjatlar, imperator, qirol va sultonlarning farmon-u farmoyishlari, sayyoh olimlar va elchilarning kundaliklari, tarixchi olimlarning asarlari misol bo‘ladi, bular bizga tarixiy jarayon va voqealar haqida aniq ma’lumotlar olish imkonini beradi. O‘rta asrlarda dastlab barcha hujjat va kitoblarni xattotlar bitgan, XI asrda Xitoyda, XV asr o‘rtalarida Yevropada kitob bosish dastgohlarining yaratilishi yozma manbalar sonining keskin ko‘payishiga olib keldi. Bu esa o‘rta asrlar tarixi haqida ko‘proq ma’lumot olish imkonini yaratdi.

Jahon tarixi, 7 sinf, Nasrullayev L.M., Salimov T., 2022


GERMAN QABILALARI.
Rim imperiyasining shimoliy hududlarida yashagan german qabilalarining ko‘chishlari (milodiy IV–VI asrlar) Yevropa tarixida muhim voqealardan biri bo‘ldi. Bu qabilalar haqidagi ilk yozma ma’lumotlar Yuliy Sezarning “Galliya urushi haqida xotiralar” va Rim tarixchisi Korneliy Tatsitning “Germaniya” asarlarida keltirilgan.

German qabilalari Yevropaning shimolida hamda Reyndan Elba daryosigacha bo‘lgan hududlarda yashashgan. Ular baland bo‘ylari, ko‘k ko‘zlari, qizg‘ish sochlari, jangovarlik va uddaburonliklari bilan janubdagi xalqlardan ajralib turardi. Germanlarning mustahkam hamda bir-biriga yaqin qurilgan qishloqlari bo‘lmagan. Har bir oila o‘tloq va to‘qaylar bilan o‘ralgan alohida xo‘jalikda yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Urug‘chilik jamoasi darajasida yashagan germanlarda yerga nisbatan jamoa yer egaligi mavjud bo‘lib, urug‘ jamoalari hamkorlikda o‘rmondagi daraxtlarni kesib, yangi yerlar ochganlar.

MUNDARIJA.
Kirish.
I BOB O‘RTA ASRLARDA YEVROPA XALQLARI ( V–XIII asrlar).
1-mavzu. German qabilalari va Rim imperiyasi.
2 – 3-mavzu. Franklar davlati: qirollikdan imperiya sari.
4-mavzu. Britaniyadan Angliyaga.
5-mavzu. Muqaddas Rim imperiyasi.
6-mavzu. Vizantiya: G‘arb va Sharq orasida.
7-mavzu. Slavyan davlatlarining tashkil topishi.
II BOB V–XIII ASRLARDA OSIYO VA AMERIKA.
8-mavzu. Yangi din beshigi.
9-mavzu. Arab xalifaligi: islom dunyosining barpo etilishi.
10-mavzu. Saljuqiylar davlati.
11-mavzu. Mo‘g‘ullar davlati.
12-mavzu. Hindiston – “ming ajoyibotlar mamlakati”.
13-mavzu. Xitoy – “Osmonosti imperiyasi”: yuksalish va tanazzullar.
14-mavzu. Koreya o‘rta asrlarda.
15-mavzu. Kunchiqar mamlakat – Yaponiya o‘rta asrlarda.
16-mavzu. Amerika o‘rta asrlarda.
III BOB O‘RTA ASR XALQLARINING IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR.
17-mavzu. O‘rta asrlarda xristian olamida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar.
18-mavzu. Salib yurishlari.
19-mavzu. Yevropada o‘rta asr shaharlarining o‘ziga xosligi.
20-mavzu. Osiyoning o‘rta asr shaharlari.
21-mavzu. Yevropaning o‘rta asrlar madaniyati.
22-mavzu. Arab xalifaligi mamlakatlari madaniyati.
23-mavzu. Xitoy, Koreya, Yaponiya va Hindiston xalqlari madaniyati.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Jahon tarixi, 7 sinf, Nasrullayev L.M., Salimov T., 2022 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-30 17:16:06