Finist sorlochinning pati, Перышко Финист ясный сокол, 2012

Finist sorlochinning pati, Перышко Финист ясный сокол, 2012.

Учебник на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Kechqurungi ovqatdan so‘ng, hamma uxlagani yotganda, kenja qiz o‘z xonasiga kirib qutichani ochibdi. Shunda Finist sorlochinning pati pirillab uchib, polga tushibdi-yu, qizning qarshisida go‘zal shahzoda paydo bo‘libdi. Ular shirin suhbat qurishibdi. Katta opalari bundan xabar topib, kenja qiz yotoqxonasi eshigini taqillatishibdi. Shahzoda polga tushib, yana patga aylanib qolibdi. Kenja qiz derazani ochib, patni toza havoda uchib, sayr qilib yurishi uchun qo‘yib yuboribdi.

Finist sorlochinning pati, Перышко Финист ясный сокол, 2012


Finist sorlochinning pati.
Bir savdogarning uchta qizi bor ekan. Ikki katta qizi kun bo'yi yasan-tusan qilib, ko'zgu qarshisidan ketmas, kenjasi bo'lsa, kamtar va mehnatsevar ekan. Savdogar savdo ishlari bilan shaharga jo'naydigan bo'lib qolib, qizlaridan: «Sizlarga qanday spyg'alar olib kelay?» - deb so'rabdi. Kattalari chiroyli ko'ylaklar olib kelishini iltimos qilishibdi, kenjasi esa: «Finist sorlochinning patini olib keling», - debdi.

Otasi safardan qaytibdi. U ikkita qiziga tayinlagan sovg‘alarini olib kelibdi, Finist sorlochinning patini hech qayerdan topa olmabdi. Savdogar keyingi gal ham shaharga jo4nab, katta qizlariga ipak liboslar keltiribdi, kichkinasiga hech narsa olib kelmabdi. Savdogar uchinchi marotaba safarga jo'nabdi. Katta qizlariga tilla isirg'alar sotib olibdi. Kenjasining aytganini yana topa olmabdi. U xafa bo'lib uyiga qaytayotgan ekan, yo'lidan quticha ko'targan bir qariya chiqib qolibdi. Qutichaga Finist sorlochinning pati solingan ekan. Savdogar qariyadan o‘sha patni sotib olib, uyiga shoshilibdi.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Finist sorlochinning pati, Перышко Финист ясный сокол, 2012 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-04-16 01:54:44