Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, G’ulomov P., Qurbonniyozov R., 2015

Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, G’ulomov P., Qurbonniyozov R., 2015.

Учебник по географии для 5 класса на узбекском языке.

   Siz bu yildan boshlab yangi fan — «Geografiya»ni o‘rganasiz. Bizning buyuk bobokalonlarimiz geografiyani yaxshi bilishgan, shuning uchun ham ushbu fan haqida qimmatli va qiziqarli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.
Geografiyani yaxshi o‘rganish uchun sizda qo‘lingizdagi darslikdan tashqari, «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» atlasi, yozuvsiz xarita hamda katak chiziqli daftar bo‘lishi zarur. Shuningdek, rangli qalamlar, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, sirkul va ba’zi topshiriqlarni bajarish uchun esa kompas va globus ham kerak bo‘ladi.

Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, G’ulomov P., Qurbonniyozov R., 2015


QADIM ZAMONDA ODAMLAR YERNI QANDAY TASAVVUR QILISHGAN?
Inson hayoti tabiat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishilar qadim zamonlardanoq o‘zlari yashaydigan joy tabiatini yaxshi bilishga harakat qilishgan. Keyinchalik qayiqlar, yelkanli kemalar yasab, dengizlarda suzishgan, yangi yerlarni ko‘rishgan. Yozish va chizishni o‘rganib olishgandan keyin esa borgan joylari tabiatini, odamlarning yashash tarzini tasvirlab yozishgan. O‘zlari yashaydigan joyning hamda borgan yerlarining eng sodda xaritalarini chizishga urinishgan. Shu yo‘l bilan geografik ma’lumotlar to‘plana borgan.

Savdo aloqalarining o‘sishi, harbiy yurishlar, uzoq o‘lkalarga sayohatlar Yer haqidagi bilimlarning ko‘payishiga yordam bergan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra qadimgi kishilar bundan 7 ming yil ilgari Yerning shaklini chizmada tasvirlashga harakat qilishgan. Lekin Yerning shaklini odamlar turli joyda turlicha tasavvur qilishgan. Dengiz bo‘yida yashaydigan odamlar Yerni nahang baliqlar ko‘tarib turadi, deb o‘ylasalar, cho‘lda yashaydigan kishilar Yerni toshbaqalar ko‘tarib yuradi, deb faraz qilishgan.

MUNDARIJA.
Darslik bilan qanday ishlash kerak?.
Kirish.
1-§. Geografiya nimani o‘rganadi?.
Yer qanday o‘rganilgan?.
2-§. Qadim zamonda odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan?.
3-§. Yer yuzining kashf etilishi va o‘rganilishi.
Yer — Quyosh sistemasidagi sayyora.
4-§. Quyosh, Oy va yulduzlar.
5-§. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi va kattaligi.
6-§. Yerning Quyosh atrofida aylanishi.
Joy plani va geografik xaritalar.
7-§. Yo‘nalish azimuti va masofani o‘lchash.
8-§. Masshtab.
9-§. Joy planini tuzish.
10-§. Joy planidan foydalanish.
11-§. Geografik xarita.
12-§. Amaliy ish. Joy plani va geografik xaritalar.
Yerning tosh qobig‘i — litosfera.
13-§. Yerning qobiqli tuzilganligi.
14-§. Litosfera.
15-§. Yer po‘stining harakatlari.
16-§. Yer yuzasi relyefining asosiy shakllari.
17-§. Yer toshqobig‘ining boyliklari.
Yerning suv qobig‘i — gidrosfera.
18-§. Gidrosferaning tarkibiy qismlari.
19-§. Dunyo okeani.
20-§. Okean suvining xususiyatlari.
21-§. Yer osti suvlari.
22-§. Daryolar.
23-§. Ko‘l va muzliklar.
Yerning havo qobig‘i — atmosfera.
24-§. Atmosferaning tuzilishi.
25-§. Havo harorati va bosimi.
26-§. Shamollar va havo massalari.
27-§. Havoning namligi va yog‘inlar.
28-§. Ob-havo va iqlim.
29-§. Amaliy ish. Yerning havo qobig‘i.
Biosfera — hayot qobig‘i.
30-§. Yer qobiqlarining o‘zaro ta’siri.
31-§. Organizmlarning Yer qobiqlariga ta’siri.
Tabiat komplekslari.
32-§. Geografik qobiq va tabiat kompleksi.
33-§. Geografik mintaqalar va tabiat zonalari.
34-§. O‘zimiz yashaydigan joy.
Termin va tushunchalarning izohli lug‘ati.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Geografiya, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, 5 sinf, G’ulomov P., Qurbonniyozov R., 2015 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-21 16:20:53