Tabiatshunoslik, 3 sinf, Bahromov А., 2019

Tabiatshunoslik, 3 sinf, Bahromov А., 2019.

Учебник по естествознанию для 3 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Tunda osmonda Oy va yulduzlar ko‘rinadi. Kunduzi Quyosh Yer yuzini yoritadi va isitadi. Quyosh nuridan tog‘, yaylov, o‘rmon va cho‘llardagi o‘simliklar o‘sadi. Tog‘ va tekisliklarda, o‘rmon va cho‘llarda turli hayvonlar yashaydi. Osmonda har xil qushlar parvoz qiladi. Ba’zida osmonda bulutlar paydo bo‘ladi. Ayrim kunlari yomg‘ir yog‘adi. Havo sovib 0°C dan pasayganda esa qor yog‘adi. Qor, muz va yomg‘ir suvlaridan daryolar hosil bo‘ladi. Ko‘pgina daryolar suvi ko‘l yoki dengizlarga quyiladi. Daryo, ko‘l va dengizlar har xil suv o‘tlari va hayvonlariga boy. Bularning barchasi tabiatdir.

Tabiatshunoslik, 3 sinf, Bahromov А., 2019


Daryo va ko‘llar.
Globusda havorang egri-bugri chiziqlar bor. Bunday chiziqlar daryolarni bildiradi.
Daryolar, asosan, tog‘lardan boshlanadigan jil-g‘alardan hosil bo‘ladi (6-rasm). Daryolar o‘z yo‘lida sharsharalarni hosil qilishi mumkin (7-rasm). Ularning suvi, asosan, okean, dengiz va ko‘llarga quyiladi. Daryolar suvidan dala va bog‘larni sug‘o-rishda, aholi ehtiyojini qondirishda foydalaniladi.

O‘lkamiz hududidan Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolar oqib o‘tadi.
Yer yuzining ba’zi botiq joylarida tabiiy ravish-da ko‘p miqdorda suv yig‘ilib qoladi. Bunday suv to‘plangan joy ko‘l deb ataladi (8-rasm).

Bir qismi 0‘lkamiz hududiga tegishli bo‘lgan Orol dengizi aslida ko‘ldir. U qadimdan dengiz kabi katta, suvi sho‘r va taxir bo‘lgani uchun dengiz deb atalgan. Hozir esa qurib, bir nechta ko‘llarga ajralgan. O‘lkamizda Sariqamish, Aydar-ko‘l va Arnasoy kabi yirik ko‘llar ham mavjud.

MUNDARIJA.
KIRISH.
Tabiatshunoslik nimani o‘rganadi?.
TABIATDA SUV VA HAVO.
Yer usti va yer osti suvlari.
Suvning xususiyatlari.
Suvni muhofaza qilish va tejash.
Tabiatda havo.
Ob-havoning belgilari.
Yog‘inlar.
YER OSTI BOYLIKLARI.
Foydali qazilmalar qayerdan olinadi?.
Yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan qazilmalar.
Qora va rangli metallar.
Qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklar.
Foydali qazilmalardan oqilona foydalanish.
TUPROQ.
Tuproq. Uning tuzilishi.
Tuproqning unumdorligi va ahamiyati.
O‘SIMLIKLAR DUNYOSI.
Tabiiy o‘simliklar.
Madaniy o‘simliklar.
Kartoshka. Sabzavotlar.
Begona o‘simliklar.
Poliz ekinlari.
Mevali daraxtlar.
Manzarali o‘simliklar.
Dorivor o‘simliklar.
Tut daraxti. Ipak qurti.
HAYVONOT DUNYOSI.
Hayvonot olami va uning xilma-xilligi.
Hasharotlar.
Qushlar va uy parrandalari.
Uy hayvonlari.
Suvda yashaydigan hayvonlar.
ODAMNING TUZILISH.
Odam tanasi, terisi va skeleti.
Odam miyasi, hazm qilish a’zolari, o‘pka.
TABIATNI MUHOFAZA QILISH.
Tabiat va inson.
Tabiat muhofazasi.
Egologik xavfsizlik.



Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Tabiatshunoslik, 3 sinf, Bahromov А., 2019 - fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России.Купить эту книгу



Скачать - pdf - Яндекс.Диск.
Дата публикации:





Теги: :: :: ::


 


 

Книги, учебники, обучение по разделам




Не нашёл? Найди:





2024-12-21 18:09:53